Yulduzni 41 marta aylangan.
Yengil satira/sarkazm un.
Supply/chain & pricing mutahasis.
Oilalik (ART, EAT, KIT bolalarni otasi)
Survorgan.
Qur'on : 02-06; 20-44
Yoshligimda ayam menga "Bolam, pul topib ózingdan oshinganingda Toshkentdan uy obergin, chiroylik oshxonasi bólsin"degandi
Farishtalar omin degan shekilli, ótgan yili onam istagan uyni olib, ózi hohlagandaqa remont qiberdim
Ota onam qishni issiq uyda ótkazishyapti.
Hudoga shukr
Shu ayol menga 3ta farzand tug'ib bergani vs ularga chiroylik tarbiya berayotgani uchungina butun umr qo'limda emas boshimda ko'tarib yurishga tayyorman.
4ta emas 4000ta xotinga alishmayman.
6.9.15 to'yimiz bo'lgan kun.
41!
Baxt boylik, mansab yoki obró etiborda emas.
Baxt bu oila tinchligi, sog'likda
P.S. sizlarda oddiy sharlar uchsa, menda qizim yasab bergan shar uchadi.
Hotinga paypaq sovg'a qildim.
Oddiy paypaq emas, magnetlik qo'llchalari bor paypaq. Bir biriga yaqin borsa ikkita paypaq qo'lini ushlab turadi. 😂
Hotin o'zida yo'q hursand.
You are "sole mate" deb yuribdi 😂
Arzimagan sovg'alarga hursand bo'ladigon hotining bo'lsa zo'rda
Rasmga tushish jaroyonida
Ayolim : baby, men og'irmanmi?
Men: yo'q. Kabutarni pati singari yengilsan.
U: unda nega hansirayapsiz?
M: sen yengilsan, lekin seni muhabbatingni ko'tarib turish og'ir ekan 😂
U: 😂
Hamisha boshini og'ritib yuradigon ayolim bilan.
Shu darajada boshini ko'p og'ritamanki ba'zan singapore vizamni olib qo'ymagani hayron qolaman.
Rimda Rimliklardek ish qil deganidek, Hind to'yiga sarida bordi.
Bugun mambu gózal bilan "svidaniya" qilyapmiz.
Erkaklar ayollarga qanaqa muomala qilish kerakligini qizim yoshligidan órganib borsin.
Gulni ham atayin qizim uchun oldim.
Ishxonada ish ko'payib ketib uzoq qolib ketsam, hotin mamnaqa rasm jo'natadi.
Shunaqa holatlarda, Ishinga ham deb uyga qaytvoraman.
Bolalar juda ham tez katta bo'lib qolisharkan
Ayolim bizga yangi kóylak olib berdi.
Ayolimni "Boshilarni tepaga kótarib (krutoy bólib) turilar" degan gapiga hammamiz shunchaki tepaga qarab rasmga tushdik
Hotinim qo'ynimga kirdida, gap boshladi:
- Sizni yana ham ko'proq sevib qolyapman
- Nega?
- Oldin bolalar biron ayb qilsa tezda baqirib yuborardiz. Hozir baqirmasdan yotig'i bilan tushintiryapsiz. Muomalez o'zgardi. Buni qilish sizga oson emasligini bilaman. Shungadir…
-…
sukut
Hotinim bn 1-marta tanishganimda, "yaqinda Tasmania-ga 2 yilga o'qishga ketyapman, hohlasez bormayman" degan
[diydor shirin bo'lgan🙈]
Unamaganman, borib o'qib kelgan, Hozir sohasida ishlaydi.
Farzand tarbiyasida eng to'g'ri qilganim, onasini ilm olishiga qarshilik qilmaganim.
Ayolim ishga sahar 6da ketadi.
Bolalarni o'zim bog'chaga oboraman. Lekin oborguncha miyam "qaynab" ketadi.
Nonushtasini tayyorlash, garshok, kiyimini almashtirish. Orada o'zim ham ishga tayyorgarlik ko'rilaman.
Ln ularni bog'chaga ketayotganini ko'rib barcha narsa esdan chiqadi
Qarasam ayolim uy tashvishlari, bolalar yugur yugiridan charchab qolibdi.
Akvarel bilan chizadigon 5 soatlik kurs bor ekan. Ozgina qimmat, lekin ayolim ozgina ma'naviy xordiq olsin deb shu kursni sotib olib ayolimni bugun jónatib yubordim.
Ayolim Chizgan rasmi. Sizlarga ham
Mambu yigit bilan roppa rosa 2yil oldin tug'ruqxonada ko'rishganmiz.
Birga tushgan 1-rasmimiz shu ekan.
2 yil bir pastda o'tib ketdi.
Oldin onasini kegin o'zini hamma ehtiyojlarini ta'minlab, charchab uhlab qolgan ekanman
To'y kunini Atayin 6 sentyabrda qilgan edik (69)
Ish ko'pligidan bugun to'y bo'lgan kunligi ham esdan chiqibdi.
Gul va hotin yaxshi ko'rgan sushini olib uyga qaytyapman.
Qisqasi to'yimizga 7 yil bo'libdi.
Shu twit tagiga yozilgan ba'zi javoblarni ko'rib, ba'zi yigitlarga ayollarga maksimal orgazm berish yo'llarini o'rgatish kerakligini angladim
Erogen zonalarini haqida gaplashamiz
Ayol kishida erogen zonalari juda ko'p. Qancha yaxshi bilsez shuncha ko'p "yutuqlarga" erishasiz
18+
Qizim uydagi domashniy telefondan bizga telefon qilishni órganib oldi.
- Hi daddy. My brother wants to talk to you.
- sure 😊
- he is shy now. Anyways, can you buy donuts? I and mommy want oreo donuts. Brothers want chocolate.
- sure.
- thank you daddy. Love you.
Kichik baxt.
Sportdagi yutuqlar davlatni dunyoga mashxur qiladi. Mustaqillikdan beri Ózbekiston Olimpiadada 36ta medal olibdi. Bu Juda yaxshi. Lekin Ózbekistonni hozir mashxurlikdan kóra jiddiy muammolari Hal qilishi kerak.
Singapur 59 yil mustaqil vaqtida atagi 5ta medal olgan, ichida 1ta
Bir kun kelib qizimga bo'lgan muhabbatiz so'nib qolsa, iltimos qizimni azoblamang. Menga qaytarib olib keling.
O'zbekistonda bo'ladigon ba'zi voqealarni ko'rib "Yaxshi ham Farzandlarim unaqa Jamiyatida katta bo'lmayapti" deyman.
Jamiyatimizda O'zgarish vaqti kelmadimi?
Qizim Uyda konki uchib turadi. Oldin konkilarni bog'ichlarini men bog'lab berardim. Keyin o'ziga qanday bog'lashni órgatib qóygandim.
Hozir
- dada, konkilarni bog'ichini bog'lab qóying.
- ózing qila olasanu
- tóg'ri, Lekin siz bog'layotganizda sizni quchoqlab olishim va
Yigitlarga maslahat.
To'ydan kegin Videodagi narsalarni qilishi uchun to'ydan kegin rasmdagi narsalarni qilish kerak. Ko'p bo'lmasa ham ozgina e'tibor berish kk.
Birovni sevib qolish oson, lekin u sevgini saqlab qolish qiyin. Sevgini saqlab qolish uchun osmondagi oyni
Hotinimga aytolmagan gaplar esa:
Men bola tarbiyasini dadamdan o'rgandim. Dadam opodadamdan. Katta ehtimol bilan u ham katta bobomdan o'rgangan.
Farzandlarim bola tarbiyasini mendan "oilaviy udumlarimizni" o'rganishini hohlamayman.
Zanjir uzilishi shart.
- bu nima?
- ruchka?
- kótar. Endi qóy. Bu nima?
- Ğisht.
- kótar
- kótara olmadim.
- qaysi biri oğir ekan?
- Ğisht.
- Katta bólganingda ruchka bilan ishlamoqchimisan yoki ğisht bilanmi?
- ruchka bilan.
- unda nima qilishing kerak?
- tushundim. Borib darsimi qilaman
Hafta davomida juda band edim.
Ishdan kechasi 12larda kelsam hamma uhlayotgan bóladi, uyğonsam ham ketib bólgan bóladi.
Kecha hamma ishlarni tugatib uyga erta qaytdim.
Qizim menga kitob óqib berayotganda uhlab qolibman.
Singapurda 8-Mart nishonlanmaydi. Lekin bugun Atayin ishdan erta chiqib uyga ketyapman.
Kichkina gul oldim. Yilda 4-5 marta sabab/besaba gul beraman. Hotinimni odati, hamma gullarni quritib saqlab qo'yadi. Quritib shupirgi qilasanmi deb kulaman
Menimcha yoshligida kam gul olgan
Ota onamni tilla odam ekanligiga Yana bir misol.
10 yil oldin.
Men: shu qizga uylanaman.
Onam: sevasanmi? Birga baxtlik yashashga kózing yetadimi?
M: albatta
Otam va Onam: ózini qaroring. Biz rozimiz. Qayerda va Kim bilan yashasang ham baxtli ból.
Ayolim bn suhbat:
U: ishizdagi muammoni hal qildizmi?
Men: yóq, ertaga shu mavzuda 3ta majlisim bor. Charchadim, yomon chózilib ketdi.
Honamga kirib ishimni davom ettirdim. 2 daqiqadan so'ng qizim
- Dada, ishiz kópayib ketibdi. Shularni sizga olib keldim. Charchamang. I Love You
Kecha o'g'lim yotoqdan yugurib chiqdida opasiga
- Opa, Ayam sizi deb yig'layapti
- nega yig'laydi?
- Kelasi yil maktabga borarkansizu, sizi tez katta bo'lib qolyapti dedi.
Qizim onasini oldiga borib, vaqt tez o'tayotganiga uzr so'rab u ham yig'labdi.
Ona mehri, qalbi cheksiz
Ayolim bilan qizimi yangi maktabiga keldik.
Men: maktab direktori kim ekan?
Ayolim: anavu uzoqda turga chiroylik ayol direktor ekan.
(u ayol rostdan rosa chiroylikan. Sir boy bermay)
Men: u yerda chiroylik ayol yo'g'u Kimi aytyapsan
A: 😂 😂qanaqa qilib ko'nglimi olishni bilasiz
Erkak kishini har qanday "Brutaliti"si qizi tuğilganda tugaydi.
Qizing sumkasini berib "Kótarib turing" desa, chang ham yuqtirmasdan, mağrur koʻtarib turasan.
10 yil oldin ayolim Bachata va Salsa raqsini oʻrganaylik deganiga hoʻp degandim.
Qisqasi, 2 haftadan keyin trial class ga borib kelamiz.
P.S. 40ga kirgandan shunaqa likillab yurishimni hech oʻylamagandim)
Juma namozga bemalol borib kelishlari uchun Singapurdagi barcha maktablarda musulmon bolalarni soat 12 da òqishdan javob bervoradi. Boshqa din vakillari maktabda òqishni davom etishadi.
Hayit bayramlari oldidan ham arafa kuni musulmon òquvchilar maktabda yarim kun òqishadi.
Ayolim menga
- Asalim, to'yga oq ko'ylagizni kiyib boring. Oq sizda juda ham yarashadi.
- (erib ketib) sen aytasanu men yo'q deymanmi. Ho'p bo'ladi.
Kegin bilsak, Bu gap ayollarimiz tomonidan hammamizga oq ko'ylak kiydirish uchun aytilgan gap ekan.
17 yasharlik men va dadam moshinada birga ketyapmiz. Dadam rulda.
Men (tortinibroq) : Dada, moshina kam ekan. Minishni o'rgating
Dadam (sovuq ohangda) : yo'q.
Shu dadamga birinchi va ohirgi biron narsa o'rgating deganim bo'ldi.
Bahtiyor akaga o'hshash otalarga havasim keladi.
Ayolimga yangi braslet sovg'a qildim. Boshida nazariga olmadi, lekin u brasletni narxi sal kam 1500$ oldim desam juda hursand bo'lib ketdi.
Hatto, "siz dunyoda yagona ersiz" deb qo'li bilan ko'rsatdi.
This is love 💏
Yigitlar, ayolilarga nima sovg'a olishni bilmayotgan bo'lselar bozorga borib bulavka yoki homut sotib oling.
Sovg'ani berayotganilarda shu rasmni ko'rsatib qo'ying.
Yigitlar, eslab qolilar!
Agar biron narsa ayoliz uchun muhim bólsa, shu narsa siz uchun ham muhim bólishi kerak.
Baxtli va sog'lom oila qurish uchun er-xotin oila uchun vaqt va kuchni tengma teng investitsiya qilishi kerak
(1ta qanotlik qush osmonda uchmaydi, u yerda shóng'idi)
Kecha hayotimdagi ikkinchi fotosessiya bo’ldi oilam bilan. Birinchisi to’yimda bo’lgan. Erimni ko’ndirishimga bir necha oylar ketdi fotosessiya qilaylik deb😍😅Xullas yengilish yo’q, erkak kishi uchun muhim emas narsalarni ham muhim ekanini bildirishga ozroq vaqt va sabr kerak🦦
Yigitlar, osmondagi oyni istamanglar.Topa olmaysiz. Topsangiz ham yetolmaysiz.
Maslahatim, yerdagi marjonni osmonga olib chiqing.Faqat sizga porlasin
Qizlar,oq tulpordagi shaxzodani kutmang.Oddiy yigitni o'zizi qirolizga aylantiring. Shunda butun dunyoni oyog'iz ostiga keltiradi
Twit 2 yil oldin turmushga chiqib hali ham bokira qiz haqida emas.
Twit ayolini muammosini tushunib, uni oldida turib bergan sabrlik er haqida.
Va odamlar nima deydiga tupirib qo'yib yashayotgan 2 yosh haqida.
Twitterda o'tirishimi Asosiy sababi, bu yerda qarindoshlar va tanishlar yo'q.
Yaponiyaga o'qishga borganimda shu rasmni olgandim. Ijtimoiy tarmoqqa qo'ysam qandashlar meni 3-4 kompyuter ovolibdi. Puli ko'p ekan deb yuborishgan.
Bu yerda 1ta komp meniki qolganlari sheriklarniki
17 yil oldin (blin qarib boryapman) Yaponiya o'qishga borganimda uyimizda shunaqa tuvalet bor edi.
Suvini oqizib yuborsez, bachokka suv tepasidan tushadi. Qo'lizni yuvib olsez bo'ladi.
Singapurda uy sotib olib Atayin shunaqasidan o'rnaganman.
Suv ekonom
Ayolim:Ishlatilgan buyumlar sotidigon website-dan kameragamga linza sotib obering. Men sotuvchi bilan gaplashgani hijolat bólyapman
Men: hóp.
Sotuvchi bn hamma narsani kelishib aytilgan joyga bordim. Borsam u yigit ham menga óhshab ayoliga yordam berayotgan ekan.))
Yoshligimda juda ham yuvosh bola edim. Qizlar bilan gaplashgani uyalardim. Bironta qizdan telefon nomerini so'ramaganman.
Yosh o'tgan sari uyatdan asar ham qolmagan.
Getting older and Bolder.
O'rtoqlar bilan bitta tadbirga borganmiz, juda ko'p odam yig'ilgandi. O'sha paytda
Singapur yer maydoni 734km²
(Toshkent shaxridan 2marta katta)
Shaxardan chiqadigon axlatlarni ko'madigon poligonlari yo'q, uni katta pechlarda yoqadi.
Axlatdan elektr energiya oladi. Toksik tutinlar tozalanadi. Kukunini suvga tashlab Singapur yerini kattaytiradi.
Bir paytlar Singapurda "White Dinner" (Dîner en Blanc) degan tadbir boʻlib turardi.
Sharti: tadbirda ishlatadigon narsalarizni oʻziz oborasiz va hamma narsa oq boʻlishi shart. Ovqatni hohlasez oʻziz pishirasiz yoki oʻsha yerdan mahsus sotib olasiz.
Oboradigon joyi hamisha sir
Hozir Taylor swift Singapurfa 6 kunlik konsert beryapti.
Reja bóyicha 3 kun berishi kerak edi, keyin Yana 3 kun qóshgandi.
Bilet sotib olish uchun turli davlatlardan 20 milliondan ortiq odam harakat qilgan.
350mingta odam bilet sotvolgan.
Aniqlanishicha, Singapur turizmni
Meni Soham ózbekistonda bormi yóqmi bilmayman.
Toyota-da 15 yilga yaqin ishlayman.
Boshida Kalkulyatsiya bólimda ishlaganman. Bu soha Ózbekistonda bor, ózim ham Anjanda shu sohani óqiganman. U bólimda Har bitta ishlab chiqariladigon moshina modelini harajatini hisoblab, Sotilgan
Netflix Muso a.s. haqida kino qilibdi.
Boshida Muso a.s. gay qilib qóyadimikin deb ozgina hadik bilan tomosha qildim. Netflix bunaqa ishlarda usta.
Yóq. Yaxshi ishlashibdi. Kinoni har tomonlama yoritib berishgan. Yahudiylar, hristianlar va musulmonlar sharxlarini ham qóshib
Yaponiya o'qishga ketayotganimda dadam kostyum shim obergan.
"Urf Odatga muvofiq" katta razmerligi olingan.
Oradan 17 yil o'tdi.
Shu kastim hali ham bor, u hali ham katta 😂
P.S. Ayolimni 1ta hislati yoq'masa men ayolimda boshqa 10ta zo'r hislati bor deb yomon hislatiga e'tibor bermayman.
Chunki hech kim ideal emas, ideal inson baxtlik bo'la olmaydi.
O'zbekiston yalpi ichki mahsuloti
2002 - 10 milliard $
2022 - 74 milliard $
Qatar yalpi ichki mahsuloti
2002 - 19 milliard $
2022 - 220 milliard $
Singapur yalpi ichki mahsuloti
2002 - 93 milliard $
2022 - 411 milliard $
Bizi bólimga yangi Vitse Prezident keldi.
Mendan 2 yosh katta, aqli zehni kuchlik. Tinim bilmasdan ishlayapti. Hammadan oldin kelin hammadan keyin uyga ketadi. Kibri yóq. Oyligi katta tahminim 20K$ oyiga.
Yoshlar - yaxshi óqilar, mehnat qililar. Ózilar ustilarda ishlaylar
Ideal erkak
- kunda soat 5da uyg'onadi
- kunda sport bn shug'ullanadi
- uhlagan joyini tozalaydi
- xonasini tozalaydi
- oshxonada yordam beradi
- vaqtida ovqatlanadi
- hamisha punktual
- kunda ibodat qiladi
- kitob o'qiydi
- kunda soat 9da uhlaydi
Va ular qamoqxonada yashaydi
Videolarni qisqacha mazmuni.
1-video:
- atir gul donasi necha pul?
- donasi 8$
- 200 Dona sotib olmoqchiman.
- 200ta topilsa kerak.
- rahmat. Gullarni hospisga oborib ósha yerda tarqatmoqchiman.
- hospisga bólsa bekorga beraman. Odamlar hospisga borganida Gózallikni kórishni
Ayolim ikkalamiz daydib yurib nima topvoganimni qaranglar.
Kórib ichkariga yugirib kiribman)))
Obet qilib olganimizdan keyin topdik Shunga ertaga kelib singapurliklarni mehmon qilaman.
Uyga kelsam, ayolim qilgan kechki ovqatni hammasini bolalar yeb qo'yganini aytdi
Hafsala qilib o'zimga shin ramen tayorlagandim, ayolim ovqatni shirin hidini hidlab,keldida ovqatimni yarmidan ko'pini yeb qo'ydi
Bu ayol yana dieta-damish. Aylanib qo'yay
Ertaga yana qiberingmish
Qizim maktabdan kelishadan oldin men kutib olgani chiqdim.
Maktab avtobusi kelib qizim bilan salom alikdan sóng
- Dada, katmoniz oldizdami?
- yóq, uyda.
- meni oldimda pulim bor. Yuring magazindan sizga biron narsa oberaman. Nima olib beray?
- 🥹 Pista olsak yetadi.
Qaynatam tilla odam, juda yuvosh. Jahli chiqqani umuman ko'rmaganman.
Samokontroli juda zo'r. Jahlini boshqarib tura oladi.
Ayolimni aytishi bo'yicha, hayoti davomida dadasini 3 marta jahli chiqqanini ko'rgan ekan.
Yoshligimda meni dadam bu limitini 1 kunda tugatib qo'yardi)))
Yoshligimda kichkina kravatda uhlardim. Katta bo'lsam KAATTTA kravat olaman derdim.
Uy oldim, qimmat bo'lsa ham yaxshi/katta kravat (King Size) oldim.
Bolalarimni o'z honasi bor lekin biz bn uhlashadi.
Kravatda hotinim va 3 bolam uhlaydi
Men yana kichkina kravatda uhlayapman 😐
Instada eski hamkasbimni ko'rib qoldim. Oldin Bo'lim boshlig'i bo'lib ishlagan. Oyligi tahminan 15,000US$ edi(+bonus).
20 yilga yaqin ishladi. 5 yil oldin ishdan chiqib ketdi. Sabab, o'zi hohlamagan ishni qilayotganmish.
Hozir magazinda velik sotyapti. Oyligi tahminan 2-2.5K$
Bugun qo'shnimiz to'y qilyaptikan.
Kelinni olib ketgan kelgan "kortej".
Hoynahoy o'zi minib yurgan moshinaga Lenta taqib qo'ygan.
Qo'shnilar to'yga aytilmaganmiz. Odatda Yoshlarni yaqin qarindoshlari va o'rtoqlari aytiladi.
Yoshlarga baxt tilaymiz.
Ishga ketyapman. Oldimda student qiz o'tirib konspektlarini ko'rib ketyapti. Bu yerda konspect qilish shart emas. Lekin hafsala bilan qilingan va chiroylik yozilgan konspectga ishqim ketdi.
Musulmonlarga eslatma!
- Hadisda, 1 fohisha sahroda itga suv begani un jannatga tushibdi deyilgan.
- E'tiqodlik inson do'zahga tushganlik to'g'risida ham aytilgan.
- HUKM ALLOHGA tegishlik.
P.S. O'likni ortidan haqoratlash eng kamida odobdan emas.
Buni izohi qanaqa? Majag'lanib ketibdi, lekin atrofida chumoli yo'q.
Ayollarni buyumga tenglashtirishni bas qililar.
Kiyim inson e'tiqodini o'lchab bermaydi.
Allohni hukmi bo'lar bo'lmas o'hshatishlar bilan "oqlanmaydi".
Qil dedi, qiling. Qilma dedi, qilmang.
Bugun Bo'lim boshlig'im bilan choy ustida suhbatlashdim.
-Farzandlaring institutda o'qit. Imkoni bo'lsa chet elda o'qisin, dunyo qarashi kengayadi. Lekin arzon emas. Qizim Avstraliyada o'qiyapti. 3 yillikga 200K$ sarflayapman. Yaxshi ham o'g'lim prezident mukofatini yutib oldi.s
Bugun sevgan qizim bilan birga tushlik qildik.
Men bilan atayin tushlik qilaman deb ishxonamga keldi.
Shunaqa paytlar kichik bir baxt, uy tashvishlarisiz, farzandlarsiz birga suhbatlashib ótiramiz.
Kichik o'g'lim bo'sh paqirlarni gumbara qasir qilib chalgan videosini ayolim qandashlariga jo'natsa, ular baraban olish kk debdi.
Ayolim olgan odamni "Qarg'ayman" bizga tinchlik kk debdi
Bolalar qiynalmasin deb men oberdim))
Xotin eriga qilgan "qarg'ishi" o'tmaydiyu, to'g'rimi?
1-erogen zonasi: Muomala madaniyati.
Yuqori odob bilan qilingan muamola, katta eshiklarni ochadi.
Erkakligim uchun ayol kishi bilan yuqoridan turib muomala qilaman deyishlik=KATTA HATO!
Ayol kishiga samimiy kulgi ato qiling. Odob bilan gaplashing. Hurmatini joyiga qo'ying.
Men Okean degan narsani 22 yoshimda ko'rganman.
Meni bolalarim hali beri bahor, Kuz va qishni ko'rishmadi. Qor bo'ron ham o'ynashmagan.
Hayot shunaqa kemtik. Tabiatı zör joyni iqtisodi yomon. Iqtisodi zör joyni tabiati kemtik. Tabiat, iqtisodi zo'r joylar juda ham uzoq (N.Zela)
Kenjamiz ham bog'chaga borishni boshladi.
Opasi bilan akasi ukasini atrofida girdi kapalak. Bog'chaga ketishda Yig'lasa yupatyapti, quchoqlab olishyapti 🥹
Kechagina Ota-ona bo'lganimdik.
Ertaga bolalarimiz turmushga qurib boshlaydigondek tuyilaveradi.
Kecha Eron restarantida mehmonlar bilan ovqatlandik.
Dóstim 2ta tanishi bn keldi. Angliyalik va Amerikalik ekan.
Órtoğim Angliyalik bn brokerlik qiladi, aytishicha Angliyalik ishi ancha yaxshi ekan. Yiliga 500K-1Mil $ toparkan.
Lekin hozirgacha iphone 6SE ishlatadi.
Ayolim bn magazinda torvuz tanlayapmiz.
Ayolim: Nega tarvuz olayotganda chertib ko'rasiz?
Men: ovozidan pishganini bilsa bo'ladi.Mana eshitib ko'r.
A: wow. Farqi for ekan
Bir ozdan so'ng, ayolim g'ashimga tegish un
A: anavu pomidorni kattaligini qarang. Uni ham chertib olamizmi?